Eron JCh saralashi oldidan xalqaro turnirda g‘alaba qozondi
Oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Eron terma jamoasi Iordaniyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etdi. Ushbu kichik turnirda forslardan tashqari Qatar, Iroq va mezbon Iordniya terma jamoalari ishtirok etishdi. 13 oktyarbr kuni yarim final uchrashuvida Eron Iordaniya ustidan 3:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Qatar penaltilar seriyasi ko‘ra Iroqni mag‘lub etdi. Shu tariqa, Eron va Qatar jamoalari finalga yo‘l olishdi. Mezbonlar esa 3-o‘rin uchun bahsda iroqliklar bilan ro‘baro keladigan bo‘ldi.
Bugun, 17-oktyarb kuni 3-o‘rin uchun kechgan o‘yinda Iordaniya Iroq terma jamoasiga yutqazdi. Asosiy vaqtda kuchlar teng (2:2) kelgach, g‘olib nomi "futbol lotereyasi" (5:3, Iroq foydasiga) orqali aniqlandi. Final uchrashuvida esa Eron Qatarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 4:0.

JCh-2026 Osiyo qit’asi 2-saralash bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan forslar rasmiy o‘yinlar oldidan xalqaro musobaqada g‘alaba qozonishdi. 16 noyabr kuni Eron TJ Tehronda Gong Kongni qabul qilsa, 21 noyabrda Toshkentda vakillarimiz bilan kuch sinashadi.



Fikrlar