Erondagi o‘zbekcha derbi qoldirilishi mumkin. Sabab "Nasaf"ga qarshi uchrashuv!
20 noyabr kuni Eron kubogi 1/16 finali doirasida "Traktor" va "Persepolis" bahsi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bellashuv qoldirilishi mumkin. "Traktor" klubi Elit Chempionlar ligasi va chempionatdagi zich taqvim sabab Ligaga xat yo‘lladi. Tabriz klubi ustozi o‘yin qoldirilishini istamoqda. Bu haqda "Varzesh3" xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Traktor" Elit ligada navbatdagi uchrashuvni "Nasaf"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar