Eronlik futbolchilar o‘z terma jamoasini JCh-2022dan chetlatishni so‘ramoqda. Kelishmovchilik avjida

  • 22 oktabr, 2022, 02:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eronda ayollarga nisbatan bo‘layotgan munosabat tufayli noroziliklar to‘xtamayapti. Terma jamoaning ko‘plab futbolchilari, jumladan, Sardor Azmun ham mazkur noroziliklarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bir necha oy avval faqatgina instagramda postlar bilan cheklanayotgan futbolchilar endilikda FIFA'ga ariza qilishgacha bordi. 

"Men qanday qilib Azmun tinch yashashi, ovqatlanishi va uxlashi mumkinligini tushunolmayaman", - deya Sardorning sobiq sevgilisi OAVga murojaat qilgandi. 

main49781501_80b9e7a2737aff0f58fe9b768fb34e17 

Eronlik jurnalist Masix Alinejad mazkur terma jamoa futbolchilarining Xalqaro Futbol Federatsiyasiga qilingan ayrim murojaatlarini chop etdi. Futbolchilar milliy termani Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatidan chetlatishni talab qilyapti. 

"Mamlakatdagi vaziyat tobora keskinlashib bormoqda. Rasmiylar o‘z xalqiga nisbatan mumkin bo‘lgan barcha zo‘ravonlik turlaridan foydalanyapti. Biz Eronni sport olamidan butunlay uzib qo‘yishni talab qilamiz", - deya Isna.ir nashri murojaatdan iqtibos keltirmoqda. 

players-of-the-national-team-of-iran

Bundan tashqari, yuqoridagi murojaatda  ayollarning stadionga kirishga bo‘lgan taqiqi ham nazarda tutilgan. Bu FIFA kodeksining bevosita buzilish holatidir. Shuningdek, Eron terma jamoasining bir qator futbolchilari davlat tomonidan ta’qib va qo‘rqitishlarga duch kelgan. Jumladan, Husayn Mahini, Aref G‘olami kabi futbolchilarning hatti-harakatlarini cheklab qo‘yildi. Bu hali hammasi emas. Ali Karimi hamda Ali Daei kabi taniqli terma futbolchilari qamoqqa olingan va turli xil tahdidlarga duch kelgan. 

Eron futboli o‘z hukumati ta’sirida ishlasa va ayollarning stadionga tashrifi taqiqlansa, bu FIFA'ning 3 va 4-moddalari buzilishiga olib keladi. Shunday bo‘lgan taqdirda, forslar Mundialdan chetlatilishi mumkin va shart. 

photo_2022-10-21_13-32-59

Xabaringiz bor, Jahon Chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Eron termasi "B" guruhida Angliya, Uels hamda AQSh terma jamoalariga qarshi maydonga tushishi kerak. 

Jahon chempionatining amaldagi g‘olibi Frantsiya terma jamoasi hisoblanadi. 

Agar mazkur murojaatlar inobatga olinsa, katta ehtimol bilan ularning o‘rniga boshqa bir terma jamoa Qatardagi chempionatga chaqiriladi. Variantlar orasida Mundial yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan pley-off o‘yinida Avstraliyaga imkoniyatni boy bergan Peru termasi mavjud.

Eron Mundialga qadar uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Ular ikkinchi va uchinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi va har ikkala bosqichni guruh peshqadami sifatida yakunlagandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Italiya, Shvetsiya, Kolumbiya, Jazoir, Nigeriya, Avstriya, Norvegiya, Turkiya hamda Kot-d’Ivuar kabi nomdor termalar ham JCh-2022 yo‘llanmasidan quruq qolgan. 

Tecno

Xudayqulov Karim tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!