
Errera: "Yuventus" ham "Lion"ga gol ura olmadi
"Pari-Sen Jermen" yarim himoyachisi Ander Errera Frantsiya Liga Kubogi finali "Lion"ga qarshi o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ushbu bahsning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida durang qayd etilganidan so‘ng, g‘olib nomi penaltilar seriyasidan so‘ng aniqlandi.
"Raqib darvozasini ishg‘ol qila olmaganimizni tushuntirish qiyin emas. Barchasiga "Lion" sababchi. Hatto "Yuventus" ham lionliklar darvozasini ishg‘ol qila olishmadi. Shunday ekan, oqshomdagi natijadan xursand bo‘lsak bo‘ladi", - deydi Errera.
Fikrlar