Ertaga O‘FAda Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichidan oldin matbuot anjumani tashkil etiladi

  • 1 aprel, 2019, 12:12
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq, poytaxtimiz Toshkentda Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi haqida xabar berib o‘tgandik.

Ertaga 2 aprel kuni soat 15:00da O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida saralash o‘yinlaridan oldin terma jamoalar murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Quyida e’tiboringizga O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi o‘yinlari taqvimini havola qilamiz:

3 aprel, soat 15:00
Vetnam - O‘zbekiston ("Lokomotiv" stadioni)

6 aprel, soat 15:00
O‘zbekiston – Iordaniya ("Lokomotiv" stadioni)

9 aprel, soat 15:00
Gonkong - O‘zbekiston ("Lokomotiv" stadioni)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!