
Etti bokschimiz Rossiyada chempion bo‘ldi
Rossiyada boks bo‘yicha 1999-2000 va 2001-2002 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida xalqaro turnir tashkil etildi.
Ushbu musobaqada qatnashgan yosh bokschilarimiz o‘zbek boks maktabida iste’dodli yosh sportchilarni tayyorlash to‘g‘ri qo‘lga qo‘yilganini yana bir karra namoyish etib, musobaqalarda 7 oltin, 1 kumush va 1 bronza medalga ega chiqdi.
Mezbonlardan tashqari, O‘zbekiston, Irlandiya, Belarus, Litva va Latviya kabi davlatlardan etmishdan ziyod bokschi ishtirok etgan turnirda Raimjon Azimov, Temurbek Dehqonov, Asomxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev, Xayrullo Alimatov, Javohir Tog‘aymurodov, Javlonbek va Jahongir Yo‘ldoshevlar o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.
Navo Tamazov kumush, Asadbek O‘rinboev bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar