"Everton" darvozabonining uyini o‘g‘ri bosdi

  • 10.03.2021 19:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

6 mart kuni "Everton" darvozaboni Robin Olsenning uyiga o‘g‘rilar bostirib kirgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Jinoyatchilar futbolchining uyiga kirib, uning oilasiga tahdid qilgan. Uyda Robindan tashqari uning rafiqasi va bolalari ham bor edi. Jinoyatchilar pichoq bilan qurollangan edilar. Fojia yuz bermasligi uchun shved ularga barcha taqinchoqlar va qimmatbaho soatlarni bergan. Hodisada hech kim jabr ko‘rmadi, darvozabon oilasining ruhiy holatidan xavotirda.

Politsiya surishtiruv ishlarini boshlagan, ammo jinoyatchilarni hali topmagan. "Everton" o‘z navbatida o‘z futbolchisini va unga yaqin bo‘lganlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Premer-liganing ko‘plab klublari esa o‘z futbolchilariga qo‘riqchilar berishni rejalashtirmoqda.

Bu “Everton” a’zolariga qarshi birinchi jinoyat ishi emas. Fevral oyida o‘g‘rilar jamoa murabbiyi Karlo Anchelottining uyidan seyfni olib chiqib ketishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!