"Everton" so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib London klubiga mag‘lub bo‘ldi (video)
Angliya premer-ligasining 17-turida “Everton” o‘z maydonida “Vest Xem”ni qabul qildi.
“Gudison Park”dagi bellashuv 0:1 hisobida “bolg‘achilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golni 86-daqiqada Tomash Souchek kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar