
Evropa ligasi. "Arsenal" - PSV o‘yini Britaniya qirolichasining dafn marosimi sabab qoldirildi
Evropa ligasi doirasida "Arsenal"ning PSVga qarshi o‘yini qoldirildi. Bunga sabab sifatida Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning dafn marosimi bo‘lib o‘tishi keltirilgan.
Payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan bellashuvga xavfsizlik xodimlari etishmasligi aytib o‘tilgan. Hozircha o‘yinning yangi sanasi noma’lum bo‘lib turibdi.
UEFA rasmiy sayti buni tez orada e’lon qilishini aytib o‘tgan.
Fikrlar