Evropa ligasi o‘yinida muxlislar darvozabonga pirotexnika vositasi uloqtirdi

  • 01.10.2021 13:53
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Evropa ligasi 2-turidan o‘rin olgan «Antverpen»–«Ayntraxt» klublari o‘rtasidagi o‘yin paytida tribunadagi mezbon muxlislari nemis klubi darvozaboni Kevin Trappga qarata pirotexnika vositasi otdi. Bu haqda "Football24.ru" nashri xabar berdi.

Portlovchi vosita shundoqqina darvozabon oyoqlari ostiga tushgan. PSJ sobiq posboni hatto uni bosib olgan. Oqibatda paqildoq portlagan va Kevin Trapp chim ustiga qulagan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, Trapp o‘yinni davom ettira olgan.

UEFA ushbu holatdan so‘ng Belgiya klubiga nisbatan sanktsiya qo‘llashi va jamoa o‘z uyida o‘tadigan uchrashuvlarni bo‘sh stadionida qabul qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Antverpen» va «Ayntraxt» klublari o‘rtasidagi uchrashuv 0:1 hisobida yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!