Evropa ligasida rekord darajada gol urildi

  • 19.02.2021 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha UEFA Evropa ligasining 1/16 final dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

OptaJoe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kechagi bellashuvlarda ushbu bosqich doirasida rekord darajada gol kiritilgan. O‘tkazilgan 16 ta o‘yinda jamoalar darvozalarga 59 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa Evropa ligasi tashkil etilganidan buyon, ya’ni 2009/2010 yilgi mavsumdan buyon eng yuqori natija hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Evropa ligasining 1/16 final javob o‘yinlari 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!