Evropada hech qaysi jamoa “Manchester Siti”chalik sharmanda bo‘lmagan

  • 27 noyabr, 2024, 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida hali musobaqa tarixida kuzatilmagan voqea yuz berdi.

Tecno

“Manchester Siti” o‘z maydonida “Feyenoord” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvning 44-daqiqasida Erling Xoland penaltidan hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin bir necha daqiqa ichida Ilkay Gyundog‘an va Xoland bittadan gol urdi.

Bellashuvda uch to‘p farqi bilan hisobda oldinga chiqib olgan Xosep Gvardiola shogirdlari kutilmaganda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Niderlandiya klubi futbolchilari o‘yinning yakuniy qismida hisobni tenglashtirishga ulgurdi – 3:3.

Opta Sport statistika markazining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasi tarixida 75-daqiqagacha uch to‘p farqi bilan hisobda oldinda borib, g‘alabani qo‘ldan chiqargan birinchi jamoaga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!