Evropada ko‘p gol uradigan vunderkind paydo bo‘ldi
Myunxen klubi rahbariyati yaqin kelajakda jamoaning asosiy to‘purari Robert Levandovski o‘rnini bosishga qodir hujumchi topdi.
“Bavariya” mutasaddilari “Zaltsburg”ning 19 yoshli hujumchisi Karim Adeyemining transfer huquqini sotib olmoqchi. Germaniyalik iste’dod egasiga “Barselona” va “Liverpul”dan ham jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.
“Zaltsburg” rahbariyati yosh futbolchini 20 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Karim Adeyemi joriy mavsumda Avstriya chempionatida oltita uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi va bitta golli pas oshirdi. Shuningdek, kun kecha Germaniya terma jamoasi safida debyutini nishonlab, Armaniston darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar