Evropadagi legionerimiz g‘alabaga tayyorlanyapti (foto)

  • 13 sentabr, 2024, 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchilari – Otabek Shukurov, Azizbek Turg‘unboev va Husniddin Aliqulov yangi mavsumni Turkiya Superligasida boshlagan edi.

Otabek Shukurov “Kayserispor”dan Saudiya Arabistonining “Al-Fayha” klubiga transfer qilinganidan keyin  bu chempionatda ikki o‘yinchimiz qoldi. “Kayserispor” o‘zbek legionerining ketishini 28 yoshli yarim himoyachi O‘zbekiston terma jamoasiga jalb qilinishi uchun muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish istagi bilan bog‘ladi.

Turklar erkin agent maqomida kelgan Shukurovning transferi klub g‘aznasiga 400 ming evro keltirgani va keyingi savdodan 30 foiz ulush olish huquqi berilganini mamnuniyat bilan qabul qildi.

O‘zbekiston terma jamoasining sentyabr oyidagi yig‘inlariga jalb qilingan Azizbek Turg‘unboev “Sivasspor” tarkibida bo‘lajak bahslarga tayyorgarlikni boshlab yuborgani xabar berildi.

- “Sivasspor” futbolchilari “Gaziantep” bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirmoqda. Bosh murabbiy Byuoent Uyg‘un boshchiligida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda futbolchilar taktik tayyorgarlik mashqlarini bajaryapti.

Futbolchilar kunlik mashg‘ulotlarni ikki tomonlama o‘yin bilan yakunlamoqda.

Bu galgi mashg‘ulotga o‘z mamlakatlari terma jamoalariga jalb qilingan Azizbek Turg‘unboev, Amirxon Bashyigit va Samuel Mutussami ham qo‘shildi va faol ishladi.

14 sentyabrga belgilangan “Gaziantep” qarshi o‘tkaziladigan beshinchi tur uchrashuvi oldidan yana bitta mashg‘ulot bor. Biroq u jurnalistlar va muxlislar uchun yopiq tarzda o‘tkaziladi, - deb yozdi izmirgundemhaber.com sayti.

Ta’kidlash joizki, “Sivasspor” mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan edi. Dastlabki turda kuchli klublardan biri “Trabzonspor” bilan durang o‘ynagan sivasliklar, keyingi bellashuvda “Kayserispor” maydonidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Biroq keyingi ikki turda “Sivasspor” yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoalar – “Eyupspor” hamda “Beshiktosh”ga imkoniyatni boy berdi.

Azizbek Turg‘unov jamoasining navbatdagi raqibi – “Gaziantep” hozircha ikkita uchrashuvda maydonga tushib, bittadan g‘alaba va mag‘lubiyat qayd etgan. Ekspertlar bo‘lajak bellashuvda “Sivasspor”ning imkoniyatini yuqori baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Azizbek Turg‘unboev “Navbahor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zbekiston chempionatida “Paxtakor” jamoasi sharafini ham himoya qilgan.

Bir necha pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynay oladigan legionerimiz 2024 yilning fevralida “Paxtakor”dan “Sivasspor”ga ko‘chib o‘tdi. Ayni paytda Azizbek jamoasining asosiy o‘yinchilaridan hisoblanadi va yangi mavsumda chempionatning to‘rtala uchrashuvida ham ishtirok etdi.

Turg‘unboev O‘zbekiston terma jamoasi safida 2018 yildan beri hozirgacha 34 ta uchrashuv o‘tkazgan. Bu o‘yinlarda universal futbolchimiz Tailand terma jamoasi darvozasini ikki o‘yinda ham ishg‘ol qilgan. Shuningdek, kuchli terma jamoalar – Meksika va Avstraliya darvozabonlarini ham bir martadan ojiz qoldirgan.

Evropani zabt etishga ketgan o‘zbek futbolchisi haqida ma’lumotlar

Raqibda bunaqa talantlar yo‘q! O‘zbekiston, Shomurodov va O‘runovga qanday baho berishdi?

Shomurodov “DiSu”ga qarshi!

 

Shomurodovga Evropada yana imkoniyat berishga qaror qilishdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!