
Exsoni Panshanbe "Zob Axan" safida o‘zini ko‘rsatishni boshladi
Yaqinda “Navbahor”dan Eronning “Zob Axan” klubiga ko‘chib o‘tgan tojikistonlik yarim himoyachi Exsoni Panshanbe yangi jamoasi safida dastlabki o‘yinda ishtirok etdi.
Aniqrog‘i, “Zob Axan” Isfaxonda “Fajri Sipasi-Shiraz”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Mazkur bahsda “Zob Axan” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Yangi jamoasi libosida maydonga tushgan Panshanbe gollardan birida ishtirok etgan holda dastlabki assist vazifasini bajardi. Uning o‘yini murabbiylarda iliq taassurot qoldirdi.
Fikrlar