Fabregas Italiya klubiga bosh murabbiy bo‘ladi
"Arsenal" "Barselona" va "Chelsi" afsonasi Sesk Fabregas katta futbolda ham murabbiylik faoliyatini boshlash arafasida. U Italiya B Seriyasidagi "Komo" klubida ish boshlaydi, deya xabar berdi Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, "Komo" ayni paytdagi murabbiy Moreno Longoni o‘z lavozimidan ozod qilishga yaqin turibdi. Uning o‘rnini katta ehtimoli bilan ispaniyalik mutaxassis egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Fabregas 2022 yilda mazkur jamoaga o‘tgan va futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Ushbu yozdan boshlab Sesk "Komo" U-19 jamoasiga murabbiylik qilib kelmoqda.
Fikrlar