Fabregas nega Italiya B Seriyasi klubiga o‘tdi?

  • 16.07.2022 22:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako"ning sobiq yarim himoyachisi Sesk Fabregas yangi mavsumini Italiya B Seriyasida ishtirok etuvchi "Komo" jamoasida o‘tkazadi.

Tecno

Taniqli italiyalik mutaxassis Janluka Di Martsio ispaniyalik futbolchining ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan jamoaga ketishga qaror qilgani sababini oshkor qildi. "Sesk nega aynan mana shu jamoani tanlaganiga sabab, u futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng murabbiylik faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirmoqda. Fabregasning fikriga ko‘ra, Italiya buning uchun eng yaxshi variant", - dedi Di Martsio.

Mutaxassisning aytishicha, futbolchining B Seriya jamoasiga o‘tishiga "Chelsi"dagi sobiq jamoadoshi Dennis Uayz yordam bergan. Aytish kerakki, Uayz ayni damda "Komo" klubi sport direktori hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!