
Fabregas so‘nggi 15 yillikning eng zo‘r futbolchisi kimligini aytdi
"Monako" klubi yarim himoyachisi Fransesk Fabregas "Barselona" hujumchisi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Messiga aql bovar qilmaydi. Biz Ronaldinoni, Ronaldoni va yana ko‘plab ajoyib futbolchilarni ko‘rdik. Ammo, u so‘nggi 15 yil ichidagi eng yaxshi futbolchi. Bu uning uchun professional faoliyatidagi 17-mavsum va u 18 yoshidan buyon eng zo‘r bo‘lib kelmoqda.
U qanday qilib aqlbovar qilmaydigan ishlarni qilayotganini ko‘rdim. U har 3 kunda gol urishi mumkin”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli argentinalik futbolchi 5 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi.
Fikrlar