Fabregasni ham Qatarga chorlashmoqda

  • 28.07.2020 18:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.

Tecno

France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli ispaniyalik futbolchini Qatarning "Al-Garafa" klubi o‘z safiga chorlamoqda. O‘z navbatida monakoliklar ham Fabregasni sotib yuborishga tayyor. Ularning fikricha, futbolchi olayotgan maoshiga yarasha o‘yin ko‘rsatmayapti.

Ma’lumot uchun, Fabregas joriy mavsum “Monako” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 6,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!