
Fakt! Yana beshta o‘yin va "Bayer" mavsumni mag‘lubiyatsiz tugatadi
Bundesliga 32-turidan o‘rin olgan "Ayntraxt" - "Bayer" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda leverkuzenliklar 5:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Muddatidan avval Germaniya chempioniga aylangan "Bayer" bundan tashqari, yana bir qoyilmaqom statistika qayd etmoqda. Aniqrog‘i, Xabi Alonso shogirdlari joriy mavsum barcha (Bundesliga, Evropa ligasi, Germaniya kubogi) turnirlarda hali birorta ham uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan.
Yana beshta uchrashuvda (Bundesliga doirasida 2ta, Germaniya kubogi finali va Evropa ligasi yarim final javob uchrashuvi hamda hal qiluvchi o‘yin) mag‘lub bo‘lmagan taqdirda, jamoa mavsumni mag‘lubiyatsiz tugatadi.
Fikrlar