Falastin termasi ustozi: Tarkibdagi yo‘qotishlar bois mag‘lub bo‘ldik

  • 19 noyabr, 2019, 23:53
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 saralash bosqichi “D” guruhi 6-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Falastin terma jamoalari o‘rtasidagi  (2:0) o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Nureddin Ali ishtirok etdi va bellashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Birinchi navbatda O‘zbekistonni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib jamoaviy ruh tufayli muvaffaqiyatga erishdi deb o‘ylayman. Bizning ko‘plab futbolchilarimiz jarohat olgan edi va afsuski, bugungi tarkibdagi futbolchilar ular singari futbol ko‘rsata olishmadi.

Dastlabki qarama-qarshilikda harakat  qilgan futbolchilarning ko‘pchiligi ishtirok etishmadi va bugun aynan ular jamoamizga etishmadi. Qolaversa jamoaviy ruh etarli darajada bo‘lmadi.

So‘nggi 10 daqiqalikda ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Boisi mezbonlar 2:0 hisobida oldinda edi va biz hujumkorlikni oshirishimiz talab etilar edi. Yarim himoyachi o‘rniga hujumchini maydonga tashladim va ikkita hujumchi bilan o‘ynay boshladik. Qolaversa O‘zbekiston hisob 2:0 ko‘rinishini olgach hotirjam o‘ynay boshladi.

O‘zbekiston qanotlar orqali hujum qiladi va barcha uzatmalar Eldor Shomurodovga qaratilgan. Saudiya Arabistoni esa ko‘proq markaz orqali o‘ynaydi. Bugungi bahsdan  oldin himoyachilarga 14-raqaqli forvardni qo‘riqlashni qattiq tayinlagan edim. Faqatgina qattiq ishlash orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin”, - dedi Ali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Murod Panjiev
20/11/2019 01:25
Бошқа бахона йўқмиди ўзб еб ташладику тириклайин
&
AzizXudoyberdiyev
20/11/2019 14:03
Bu bahonasi oxshamabdi eng asosiy sastavini obkegandayam sochib tashlardi O'zbekiston