
Farhod Bekmurodov "Lokomotiv"ga o‘tmoqda
Bir necha kun oldin saytimiz orqali "Qo‘qon-1912" sobiq futbolchisi Farhod Bekmurodov klub bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi faoliyatini Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida davom ettiradi. Tomonlar bir necha kun ichida uchrashib, shartnomani rasmiylashtirib oladi. 27 yoshli futbolchi joriy mavsum qo‘qonliklar libosida 22 uchrashuvda maydonga tushdi.
Voqealar rivojini saytimiz orqali kuzatib boring!
Fikrlar