Fatining maoshi oshirildi va asosiy jamoaga o‘tkazildi
"Barselona" yarim himoyachi Ansumane Fatini asosiy jamoaga o‘tkazganini e’lon qildi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchining haftalik maoshi 170 mingdan 400 ming evroga ko‘tarilgan.
2020/21 yilgi mavsumda Fati "Inter"ga o‘tib ketgan Arturo Vidalga tegishli bo‘lib kelgan 22-raqam ostida to‘p tepadi.
Ispaniyalik iqtidorli futbolchi 2019 yilning 25 avgust kuni professional faoliyatidagi debyut uchrashuvini o‘tkazgan. U "Barsa" safida 33 bor maydonga tushib, 8 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar