Fayzullaev kelajagiga oydinlik kiritildi, TsSKA kutilmagan qarorga keldi!

  • 25 dekabr, 2024, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futboliga oid eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri Abbosbek Fayzullaev faoliyatini qaerda davom ettirishi bo‘lib qolmoqda.

Tecno

Rossiya Premer-ligasida TsSKAning asosiy etakchilaridan biriga aylangan 21 yoshli hujumkor futbolchimizga Frantsiyaning “Monako” va Ispaniyaning “Real Sosedad” klublaridan qiziqish borligi haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Monakoliklar Fayzullaevning transferini yanvarda amalga oshirish uchun “armiyachilar” g‘aznasini 15 million evro bilan to‘ldirishga tayyorligi aytildi.

Evropa klublarining o‘zbek futbolchisiga qiziqishi TsSKA rahbariyati jamoa etakchisini ushlab qolish borasida yangi qadamlarni tashlashga undadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Abbosbek Fayzullaev kelajagi borasida bir qarorga kelgan. Legionerimiz qishda jamoasini o‘zgartirmaydi va TsSKAda faoliyatini davom ettiradi.

Avvalroq, TsSKA Evropa klublaridan bo‘layotgan chorlovlardan keyin Abbosbek Fayzullaevga yangi shartnoma taklif qilishi bildirilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, hozir hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmayapti ekan.

Bu vaziyatga Moskva klubi bosh direktori Roman Babaev oydinlik kiritdi.

- Fayzullaev bo‘yicha vaziyat biroz boshqacha. Biz shartnomada nimalar yozilganiga qaramay, kelishuvni uzaytirmasdan turib ham Abbosbek moliyaviy sharoitlarni yaxshilanishiga loyiq, degan qaror keldik.

Klubimizda amalda qo‘llab kelinayotgan tajribalardan biriga asosan, agar biror futbolchiga muayyan mablag‘ belgilangan bo‘lsa va amalda u yanada yuqoriroq maoshga loyiq o‘yin ko‘rsatsa, biz shartnomani uzaytirishni kutmasdan uning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilaymiz.

Xuddi shu tariqa Fayzullaevning ham maoshini oshirdik, - dedi TsSKA bosh direktori Roman Babaev.

Abbosbek Fayzullaev hozirgi shartnomasini 2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tganida tuzilgan. Roman Babaevning ma’lum qilishicha, legionerning 2026 yilning yarmigacha amal qiladigan bitimida Rossiya Premer ligasi jamoalari uchun ham, xorij klublari uchun ham badal puli miqdori belgilanmagan.

21 yoshli futbolchimiz yiliga 110 ming evro maosh olib kelayotgani haqida ma’lumotlar chiqqan edi. Bu Rossiya futbolida juda past maosh hisoblanadi. Ayrim manbalarning yozishicha, TsSKA Fayzullaevning yangi maoshini qancha qilib belgilangani aytilmagan, biroq Abbosga o‘yiniga yarasha klub etakchilari olayotgan summaga yaqin pul to‘lanishi mumkin. Masalan, TsSKAda eng ko‘p maosh oladigan futbolchi Danil Krugovoyga “armiyachilar” bir mavsum uchun 1,6 million evro to‘layotgan ekan.

Abbosbek Fayzullaev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi bahslarida jami 23 marotaba maydonga tushib, uchta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi. Shuningdek,  universal futbolchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘yinlari sonini ham 23 taga etkazib, ularda raqiblar darvozasini 7 bor ishg‘ol qilgan.  

Husanovga katta xushxabar! Hali bunaqasi bo‘lmagan...

O‘zbek futbolchisi jamoadan ketadi, uni Evropa va er kurrasining narigi burchagida kutishyapti!

O‘zbek futbolchisi jamoadan ketadi, uni Evropa va er kurrasining narigi burchagida kutishyapti!

Abduqodir sinovdan yaxshi o‘tdi: Superklub Husanovni kutyapti!

Fayzullaev Rossiyada, Hamrobekov O‘zbekistonda yil rekordini o‘rnatdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
25/12/2024 00:20
Футболчи пулни кувмай уз устида ишлаеверса пулни узи футболчини кувади.Бунга Аббосбек яккол мисол.Яшавор.