
Fayzullaev nega tabrikni qabul qilmadi?
TsSKA va “Krilya Sovetov” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida maydonga tushib, bellashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb e’tirof etilgan Abbosbek Fayzullaev jurnalistlarga intervyu berdi.
TsSKA jamoasi o‘zbek legionerining xatti-harakatlari evaziga o‘yinning ikkinchi yarmida ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Faol o‘ynagan Abbosbek Fayzullaevning aniq to‘p uzatishidan keyin mezbonlar hisobni tenglashtirib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.
- Abbosbek, durang bilan sizni tabriklasak bo‘ladimi yoki yo‘qmi?
- Yo‘q. Chunki biz TsSKA jamoasimiz. Har doim g‘alaba qozonishni istaymiz, bu gal ham uch ochkoni ko‘zlagan edik. Yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ikkita to‘p o‘tkazib yuborganimizga qaramay, o‘yinda burilish yasadik va durangga erishdik. Ko‘rganingizdek, uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun oxirigacha kurashdik. Nasib qilsa, keyingi o‘yinda yutamiz.
- Siz maydonga tushganingizdan keyin TsSKAning o‘yini haqiqatan o‘zgardi. Terma jamoada gol urganingizdan keyin bu o‘yinga ham o‘zgacha kirishdingiz. Rossiya chempionatida to‘liq moslashib oldingiz, degan xulosaga keldik...
- Men moslashishda davom etyapman va bunda menga jamoadagi barcha yigitlar va murabbiylar yordam beryapti. Hammaga rahmat. Albatta, bu gal o‘zimni ko‘rsatish uchun ko‘proq o‘yin vaqti berilganidan xursandman. Keyingi bahsda yanada yaxshiroq o‘ynashga harakat qilaman.
- Maydonda kim bilan bir biringizni yaxshi tushunib harakat qilyapsiz?
- Hozircha biror kimni alohida ajratib ko‘rsata olmayman. Chunki hali juda kam o‘ynadim. Mashg‘ulotlarda hamma bilan muloqot qilishga, til topishishga urinyapman.
- Jarima zarbasini berishda oldingizga Igor Akinfeev yugurib keldi. U sizga nimani maslahat berdi?
-Raqib darvozabonining zarbani ko‘rib turishini cheklash va kuchliroq zarba berishni aytdi.
- “Jonli devor” xalaqit berdi-a? Lekin hammasi to‘g‘ri bajarilgandi...
- Ha. Shunday bo‘ldi.
Abbosbek Fayzullaev TsSKA jamoasi safiga avgust oyinining boshida transfer qilindi. “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bir oylik tayyorgarlik jarayonini o‘taganidan keyin, endi-endi o‘yinlarga jalb etilmoqda.
19 yoshli hujumkor futbolchi Rossiya Premer-ligasida hozirgacha uch marotaba maydonga tushib, “Dinamo” va “Orenburg” jamoalariga qarshi bir necha daqiqa o‘ynagan bo‘lsa, mana endi “Krilya Sovetov”ga qarshi to‘liq bir bo‘lim o‘ynadi.
Shuningdek, o‘zbek legioneri bu uchrashuvda samarali harakatlar hisobini ochib, o‘z nomiga bitta assist rasmiylashtirib qo‘ydi.
TsSKA jamoasi Rossiya Premer-ligasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 24 sentyabr kuni safarda “Rostov” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.
TsSKA bosh murabbiyi Abbosbek Fayzullaev haqida nimalar dedi?
Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!
Tezkor: Bugun “Lans” Husanovni o‘ynatishga majbur. Sababi...
Mbappeni olishni hech kim taklif qilmagani uchun Shomurodov olindi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Fikrlar