Faizullaev va Shomurodov "Beshiktosh"ga bahsda necha ballga loyiq ko'rildi?
Xabaringiz bor, bugun "Istanbul bashakshehir" Turkiya Superligasining navbatdagi turida "Beshiktosh" bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Bellashuvni ikki hamyurtimiz ham o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Abbosbek Fayzullaev 66-daqiqada zahiraga olindi, Eldor Shomurodov esa to‘liq uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu to‘qnashuvdan so‘ng bir necha statistik portallar ikki vakilimizning o‘yini turlicha baholadi.
"Fotmob" Abbosni 7.8 ballga, Eldorni esa 6.2 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Fayzullaevga 6.8 ball, Shomurodovga 5.9 ball qo‘ydi.
Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti 22 yoshli hujumchimizga 7.3 ball berdi. Milliy terma jamoamiz sardoriga esa 5.7 ballni loyiq ko‘rdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Bashakshehir" navbatdagi bahsini 21 fevral kuni "Alanyaspor"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar