Fayzullaevni emas, Messini maqtang!

  • 4 noyabr, 2023, 10:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Joriy yilning avgust oyida “Paxtakor”dan  TsSKAga ko‘chib o‘tgan Abbosbek Fayzullaev legioner maqomidagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshladi.

Aslida futbolchimiz TsSKAni tanlaganida muxlisu mutaxassislar orasida uning Rossiya Premer-ligasidagi imkoniyatlariga shubha bilan qaraganlar ham bo‘ldi.

2023_10_21_034

Ayniqsa, TsSKAni boshqarayotgan bosh murabbiy Vladimir Fedotovning ish uslubi va talabchiligi yosh o‘yinchimizga og‘irlik qilishi, Rossiya futboli yakkakurashlarga boyligi tufayli Abbosning gavdasi to‘qnashuvlarga to‘g‘ri kelmasligi kabi bir necha omillar tilga olindi.

Fedotov ham TsSKAning yozdagi birinchi transferi bo‘lgan Fayzullaevni ma’lum muddat maydonga tushirmadi va qarorini Abbos mashg‘ulotlar orqali jismoniy holatini talab darajasiga olib kelish bilan mashg‘ul ekanini ta’kidlash orqali izohladi.

Keyin ikkita uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan hamyurtimizga “Krilya Sovetov” bilan bo‘lgan o‘yinda to‘lik ikkinchi taymda o‘ynash imkoni berildi. Abbos bu uchrashuvda jamoasi o‘yinini  o‘zgartirib yuborgani va TsSKAni o‘z uyidagi mag‘lubiyatdan qutqarib qolganidan keyin asosiy tarkibdan muqim joy oldi.

Hozir TsSKA hujumida Abbosbek Fayzullaev va Fyodor Chalov tandemi hosil bo‘lgan. “Armiyachilar”ning keyingi paytdagi aksariyat gollari mana shu ikki futbolchi ishtirokidagi hujumlardan kiritilyapti.

Fayzullaevning Rossiya maydonlaridagi muvaffaqiyatlari debyutidan keyin ekspertlar, taniqli futbolchilar, murabbiylar va muxlislar uni chempionat kashfiyoti sifatida e’tirof eta boshladi.

Biroq TsSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov bunga qo‘shilmayapti.  Rossiya futbolini yoritib kelayotgan https://sport24.ru sayti jurnalisti Andrey Babich bilan suhbatda “armiyachilar” ustozi o‘z pozitsiyasini quyidagicha izohladi.

- Fayzullaevni mavsum kashfiyoti deyapsizmi? Chempionat endi boshlandi. Bir necha o‘yinga qarab, o‘yinchiga baho berish yaramaydi.

Mana, Lionel Messiga baho berish berish mumkin, U sakkizinchi “Oltin to‘pi”ni qo‘lga kiritgan. Abbosni chalg‘itmagan ma’qul, - dedi Vladimir Fedotov.

ceremoniya-vrucheniya-zolotogo-myacha_16987041631615333395

Darhaqiqat, Fayzullaevning jismoniy ko‘rsatkichlari Messiniga o‘xshab ketadi. Argentinalik yulduz ham jismonan baquvvatligi bilan maqtana olmaydi. Bo‘y-basti bilan ajralib turmasa ham,kerativ o‘yini, aqlli qarorlari, chaqqon va tezkorligi evaziga jahon futbolida misli ko‘rilmagan natijalarni qayd etgan.

Fayzullaev meni qattiq xafa qildi

O‘runov yana o‘zini xorijdan sinab ko‘rmoqchi

Fayzullaev nega bu jamoani tanladi?

Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldorning yordami katta bo‘ladi!

Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi

Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!

Legionerlarimiz chempion “Ordabasi”da qoladimi?

Fayzullaev uchun qiyinchiliklar endi boshlanadi!

Shomurodov qani?

Fayzullaev TsSKA engilmas raqibni qanday yutganini sirini aytdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
АБВГДейка
04/11/2023 12:06
Босимдан озод киляпти яхши мураббий