
O‘runov yana o‘zini xorijdan sinab ko‘rmoqchi
Oston O‘runov o‘zbek futbolining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. U bir necha pozitsiyani yopa oladigan, kreativ o‘yin ko‘rsatadigan futbolchi. Biroq uning legioner maqomida xorij chempionatida o‘ynash bo‘yicha birinchi urinishi muvaffaqiyatli chiqmadi.
“Paxtakor”da tarbiyalangan, “Navbahor”da professional mahoratini oshirgan va “Lokomotiv”dan Rossiya Premer-ligasiga yo‘l olgan hujumkor futbolchimiz uch yildan keyin yana yurtimizga qaytib keldi.
2020 yilning boshida “Ufa”ga yo‘l olgan futbolchimiz o‘zining kreativ o‘yini bilan Rossiyaning deyarli barcha katta klublari e’tiboriga tushdi. Yozda O‘runov transfer uchun 1 million evro to‘lagan “Spartak” jamoasiga ko‘chib o‘tgani oxir-oqibat xato bo‘lib chiqdi.
Keyinchalik “Ural” jamoasi O‘runovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu so‘nggi imkon bo‘lishiga qaramay, Oston undan ham foydalangani yo‘q.
Bir necha mashhur o‘zbek futbolchilari manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassis Qahhor Mo‘minov sport24.ru saytiga bergan intervyusida Oston O‘runov transferi haqida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
— Hozir Oston O‘runovning ishlari qalay?
— Hammasi yaxshi. “Navbahor”da o‘z mahoratini namoyish qilmoqda, Hozir O‘zbekiston chempionatida eng yaxshi o‘yinchilardan bo‘lib turibdi.
Osiyo Chempionlar ligasida Neymar, Malkom va Milinkovich-Savich kabi futbolchilardan tarkib topgan “Al-Hilol”ga qarshi muvaffaqiyatli to‘p tepdi.
Ha, Rossiyada Ostonning ishlari yurishmadi, juda yosh bo‘lgani uchun buni uddasidan chiqa olmadi. Qolaversa, faoliyatini rivojlantirishda noto‘g‘ri yo‘lni tanladi.
— “Spartak” haqida aytyapsizmi?
— Ha.
— Qishki transferlar vaqtida Ostonga talab bo‘ladimi?
— O‘runov hozir umuman boshqa odamga aylangan. Turmush qurdi, ancha ulg‘aydi, esi kirdi. Juda iqtidorli yigit va uning faoliyati qanday rivojlanishini kuzatib boramiz.
O‘runov qishgacha yurtida bo‘ladi. “Navbahor” milliy chempionatda g‘olib chiqish va Osiyo Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashishni maqsad qilgan.
Oston O‘runov bilan suhbatlashib shunga amin bo‘ldimki, O‘runov o‘z imkoniyatlarini darajasi yuqoriroq ligalarda sinab ko‘rmoqchi. Bu Evropa klubi bo‘lmasa, Osiyoniki bo‘lishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq “sherlar” asosiy tarkibiga kiritilmagach, keyinchalik “Navbahor” va “Lokomotiv”da o‘ynadi.
Joriy mavsum 22 yoshli futbolchimiz faoliyatidagi eng samaralisi bo‘lib turibdi. U O‘zbekiston chempionati, mamlakat kubogi va Osiyo Chempionlar ligasida jami 30 ta uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Shuningdek, O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri. Hujumkor futbolchi mamlakatimiz bosh jamoasida 18 ta o‘yinda o‘z hisobiga to‘rtta gol yozdirib qo‘ygan.
Fayzullaev nega bu jamoani tanladi?
Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldorning yordami katta bo‘ladi!
Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi
Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!
Legionerlarimiz chempion “Ordabasi”da qoladimi?
Fayzullaev uchun qiyinchiliklar endi boshlanadi!
Shomurodov qani?
Ana xolos: Fayzullaev tez orada TsSKAdan ketishi mumkin...
Fayzullaev TsSKA engilmas raqibni qanday yutganini sirini aytdi
"Barsa"da o‘ynagan futbolchi Fayzullaevga baho berdi
Shomurodovning ishlari yaxshi tomonga o‘zgardi
Raneri muhim o‘yin oldidan Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berdi
Fikrlar