Fayzullaev nega bu jamoani tanladi?

  • 04.11.2023 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Abbosbek Fayzullaev joriy mavsumning haqiqiy kashfiyoti bo‘ldi. Bungacha Rossiya Premer-ligasida yorqin o‘yin ko‘rsatib kelayotgan o‘zbek legioneri endi mamlakat kubogi uchrashuvida ham jamoasiga katta foyda keltirdi.

TsSKA Rossiya kubogida o‘z guruhida peshqadamlik qilayotgan “Orenburg” futbolchini bilan kuch sinashdi. Guruhdagi so‘nggi uchrashuvda “armiyachilar” 3:1 hisobida zafar quchib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Moskvaliklarning g‘alabasiga penalti ishlagan va Fyodor Chalovga golli pas uzatgan Abbos Fayzullaev katta hissa qo‘shdi.

volga (2)

Abbosbek Fayzullaev manfaatlarini himoya qilayotgan futbol agenti Qahhor Mo‘minov o‘zbek futbolchisi nega aynan TsSKA jamoasini tanlagani va bir qarorga kelishga qiynalgani haqida gapirib berdi.

- Prosports Management kompaniyasi Abbos Fayzullaevga jamoa tanlashida bosim o‘tkazmalikka qaror qildi. Bir necha variantlarni tayyorlab qo‘ygandik, lekin hal qiluvchi qaror qabul qilishni o‘yinchining o‘ziga qoldirdik.

Abbos qariyb bir hafta o‘yladi, ikkilandi, masalani har tomonlama toroziga qo‘yib ko‘rdi. Keyin German bilan bog‘lanib, shunday dedi: “Men Eldor Shomurodov bilan maslahatlashdim va TsSKA o‘tishni istayman”.

Mana bugunga kelib, futbolchi to‘g‘ri qarorga kelganining guvohi bo‘lib turibmiz. Bu o‘zi va terma jamoasi uchun ham muhim qadam. Hozirning o‘zida Fayzullaev yanada kuchaydi va o‘zbek futbolini yaxshi namoyish qilmoqda.

Umuman olganda, “armiyachilar” bu transfer bo‘yicha uzoq ish olib bordi va qat’iyat bilan harakat qildi.

Joriy yilning mart oyida klub sport direktori Andrey Movsesyan O‘zbekistonga kelib, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini kuzatdi. Argentinada tashkil etilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham TsSKA kuzatuvni davom ettirdi.

Bundan professional ish tutish odamni hayratga solmay qolmaydi. Bizni hayron qoldirgan boshqa jihatlar ham bor.

Masalan, Abbos Rossiyaga kelgunicha ham unga e’tibor ko‘rsatildi. Mubolag‘a qilayotganim yo‘q, lekin futbolchi hali chegarani kechib o‘tmasidan, klub vakillari u bilan aloqani ushlab turdi.

TsSKAda futbolchilarni moslashib olishiga mas’ul bo‘lim bor ekan. Klub Evropa standartlari darajasida ishlayapti. Jamoada yangi futbolchilarga qulay sharoit yaratish uchun hamma ish qilinadi, - Qahhor Mo‘minov.

30771.121562.IMG_4000

Eslatib o‘tamiz, Abbos Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli futbolchi avgust oyida TsSKaga ko‘chib o‘tdi.

Fayzullaev yangi jamoasi safida Premer-ligada sakkizta uchrashuvda bitta gol urib, ikkita assist muallifi bo‘ldi. Rossiya kubogi musobaqasida to‘rt marotaba maydonga tushgan hamyurtimiz ikkita golli pas uzatdi.

Abbos TsSKAning sentyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. Legionerimiz oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilayotgan so‘rovnomada ham eng ko‘p ovoz to‘plab, etakchilik qilmoqda.

Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldorning yordami katta bo‘ladi!

Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi

Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!

Legionerlarimiz chempion “Ordabasi”da qoladimi?

Fayzullaev uchun qiyinchiliklar endi boshlanadi!

Shomurodov qani?

Ana xolos: Fayzullaev tez orada TsSKAdan ketishi mumkin...

Fayzullaev TsSKA engilmas raqibni qanday yutganini sirini aytdi

"Barsa"da o‘ynagan futbolchi Fayzullaevga baho berdi

Shomurodovning ishlari yaxshi tomonga o‘zgardi

Raneri muhim o‘yin oldidan Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!