Fayzullaevni yo‘qotmasligimiz kerak!

  • 09.06.2025 20:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Oxirgi ikki mavsum Abbosbek Fayzullaev faoliyatida juda muhim voqealarga boy tarzda davom etmoqda. Shu bilan birga 21 yoshli hujumkor futbolchimiz katta sinovlarni engib o‘tishiga to‘g‘ri kelyapti.

2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan TsSKA ko‘chib o‘tganidan keyin Abbos legionerlik hayotiga qadam qo‘ydi. Iqtidorli o‘yinchimiz yosh bo‘lishiga qaramay, debyut mavsumidayoq Rossiya Premer-ligasida nom qozona oldi.

O‘tgan yili Abbos xalqaro miqyosda ham yoshlar, ham olimpiya va milliy terma jamoalarda o‘ynaydi. Yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogida muvaffaqiyatli qatnashdi va buning samarasida ilk marotaba Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida Parij maydonlarida javlon urdi.

Shu bilan birga Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turniri uchrashuvlarida katta hamjdagi ishlarni bajarib kelmoqda. Futbolchilarimizning jahon chempionatiga chiqqanida Abbosning ham hissasi juda katta.

Fayzullaev har qanday holatda ham terma jamoa uchun juda zo‘r o‘ynaydi. Biroq joriy mavsum TsSKA klubidagi o‘yinlarida biroz pasayish kuzatildi. Ekspertlar bu holatni tahlil qilaverib charchadi. Xulosa shu bo‘ldiki, TsSKAni tark etgan serbiyalik bosh murabbiy jamoaning o‘yin uslubi va Fayzullaevning maydondagi o‘rni hamda vazifalarini o‘zgartirgani Abbosning samaradorligig salbiy ta’sir qildi.

Orada ayrim mutaxassislar “armiyachilar”ni o‘zbek legioneridan tezroq qutilishga, vaziyat taqozo etsa, uni ijaraga berib yuborishga chaqirgan holatlar ham bo‘ldi.

TsSKAning sobiq futbolchisi Valeriy Masalitin Abbosbek Fayzullaevning faoliyati va klubdagi istiqboli bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirdi.

- Fayzullaev shu paytgacha chap qanot hujumkor futbolchisi vazifasini bajarib kelgan va ko‘proq erkin to‘p tepishga moslashgan. Bu holatda uning orqasida muxlislardan boshqa hech kim bo‘lmaydi. Oldida esa, faqat raqib himoyachisi turadi.

Yangi sxema bo‘yicha u maydon markaziga ko‘chib o‘tyapti va bu pozitsiyada o‘zining eng kuchli tomonlarini ko‘rsata olmay qolyapti.

Abbosbek Fayzullaev erkin ijodkor sifatida o‘ynaydi, unga maydonda ko‘proq erkinlik kerak, hozir esa, undan doimiy pressing va muntazam himoyaga qaytish talab qilinmoqda.

Hammamiz ham Abbosning jismoniy kuch-quvvati va aptropometrik ko‘rsatkichlari raqibni tana bilan surib tashlash uchun kamlik qilishini yaxshi bilib turibmiz-ku. Shuning uchun ham Abbosning o‘yinida vaqtinchalik pasayish yuz bergani tabiiy hol.

Fayzullaev shu holatda ham jamoaga foyda keltirishi mumkinmi? Ha, shunday qila oladi. Shu bois, uni ijaraga jo‘natishning hojati yo‘q. Abbosni yo‘qotmasligimiz kerak. U juda tezkor, kurashuvchan va ishtiyoq baland futbolchi, - dedi Valeriy Masalitin.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev yakunlangan mavsumda TsSKA safida barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va sakkizta assist muallifi bo‘ldi. Legionerimiz jamoasi bilan Rossiya chempionatining bronza medali hamda mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

“Manchester Siti” fanatlari Husanovni “tinch” qo‘ymayapti!

Shomurodov Gasperining har qanday sinoviga tayyor!

 

Husanov boshlanishi, o‘zbek futbolchilari Evropani zabt etadi!
Fayzullaev o‘zini "qiynagan" murabbiydan qutildi!
O‘zbekistondek mundialga chiqish uchun futboldan begona odamlarni yo‘qotish kerak!

Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi muhim qarorga bog‘liq?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998911208400
11/06/2025 10:59
Олга Пахтакорим жужалари