Feliksning taqdiri "Atletiko"ning qo‘lida

  • 11 aprel, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

"Chelsi" qishki transferlar vaqtida "Atletiko"dan hujumchi Joau Feliksni ijaraga olgan edi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, London klubi rahbariyati 23 yoshli portugaliyalik futbolchining jamoa o‘yiniga ta’siridan mamnun va uni saqlab qolishni istaydi. Joauning o‘zi ham "Stemford Brij"da qolishni xohlamoqda.

Tecno

Qayd etilishicha, Feliksning “Chelsi”ga to‘laqonli transferi “Atletiko”ning moliyaviy talablariga bog‘liq bo‘ladi. Muzokaralar yaqin orada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, yozda "Chelsi" rahbariyati klubga yangi doimiy bosh murabbiy tayinlaydi va bu ham Feliksning kelajagi uchun muhim omil, deb yozadi Romano.

Ma’lumot uchun, Joau Feliks hozircha "Chelsi" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!