Felish "Aston Villa"ga o‘tishni istamadi. Sabab?

  • 30.06.2023 23:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Hujumchi Joau Feliksning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Portugaliyalik futbolchi 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Chelsi"da o‘tkazdi, ammo u tez orada "Atletiko"ga qaytadi.

Xabar qilinishicha, Feliks faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin, biroq futbolchi bu jamoada o‘ynashni istamaydi.

"SER Deportivos" xabariga ko‘ra, 23 yoshli hujumchi Chempionlar ligasida o‘ynamaydigan klubga o‘tmaydi. "Aston Villa" faqat Konferentsiya ligasiga yo‘llanma olgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!