
"Fenerbaxche" "Galatasaray"ning sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
"Fenerbaxche" rasman turkiyalik futbolchi Kerem Aktyurkoglu transferi haqida e’lon qildi.
Klub sobiq "Galatasaray" futbolchisi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
"Benfika" esa ushbu transferdan 22,5 million evro daromad qilganini, yana 2,5 million evro bonus sifatida kelishilganini ma’lum qildi.
Aktyurkoglu Portugaliyada bir yil to‘p surdi. U chempionatda 30 o‘yinda maydonga tushib, 11 gol urdi.
Fikrlar