"Fenerbaxche" Shomurodov uchun jiddiy kurashmoqda

  • 07.02.2026 00:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Fenerbaxche" qishki transferlar oynasida oʻz tarkibiga hujumchi qoʻshib olmoqchi. Klubning Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqida turk OAVda xabarlar paydo boʻlmoqda.

Jurnalist Ersan Serdalning maʼlum qilishicha, "Sariq lochinlar" Shomurodov uchun "Istanbul Bashakshehir"ga 6 million yevro hamda yarim himoyachi Fredni taklif qilgan. "Bashakshehir" esa 10 million yevro va Fredni talab qilmoqda.

Maʼlumot uchun, oʻzbekistonlik forvard joriy mavsum Turkiya Superligasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!