Ferdinand: “MYuga o‘tish — orqaga tashlangan katta qadam”

  • 21 iyun, 2022, 15:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand himoyachi Rafael Varanning "Real"dan "qizil iblislar" safiga o‘tish qarori haqida gapirdi.

Tecno

“Varan “Manchester Yunayted”ga top darajadagi jamoadan kelgan. Madriddagi natijalari shuni ko‘rsatadiki, u yuqori saviyadagi futbolchi, doimo maksimal natija uchun o‘ynaydigan jamoada to‘p tepgan. Shundan so‘ng, u umuman qarama-qarshi vaziyatga tushib qoldi.

Rafael o‘ziga begona bo‘lgan chempionatga o‘tdi. Yuqori standartlarga ega jahon darajasidagi klubdan “Manchester Yunayted”ga o‘tish - bu orqaga tashlangan katta qadam”, - deya Ferdinandning so‘zlarini keltiradi “Daily Mail” nashri.

Varan 2021 yilning yozida 40 million evro evaziga "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi. 29 yoshli markaziy himoyachi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 29 o‘yinda ishtirok etib, o‘z nomiga bir gol va bir assist yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!