Fergyuson Ronaldu masalasida uzr so‘radi

  • 14 may, 2023, 17:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klub afsonasi ser Aleks Fergyuson uzr so‘raganini aytdi.

Norvegiyalik mutaxassis jamoaga ikkinchi marotaba olib kelingan Krishtianu Ronalduni zaxirada olib qolgani uchun ustozi uni keskin tanqid qilgan edi.

- Ser Aleks Fergyuson mendan faqat bir marotaba uzr so‘ragan. U menga qo‘ng‘iro qildi va kechirim so‘radi, chunki u vaziyat murakkabligini bilardi. Sobiq ustozlar maslahatisiz ham “Manchester Yunayted”ning bosh murabbiyi bo‘lish juda qiyin, - dedi Ule-Gunnar Sulsher.

Sulsher “Manchester Yunayted”ni 2018-2021 yillar davomida boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa 149 ta uchrashuvdan 78 tasida g‘alaba qozongan, 33 marotada durang o‘ynagan va 38 ta bahsda raqibga imkoniyatni boy bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!