"Feyenoord" UEFAdan nega norozi?

  • 9 may, 2022, 23:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Roma”ning Konferentsiyalar ligasi finalidagi raqibi “Feyenoord” Albaniyadagi final o‘yini uchun har bir klubga ajratilgan chiptalar soni bo‘yicha UEFAga nisbatan tanqidiy bayonot berdi.

Niderlandiya grandi aksariya “Roma” ishqibozlari singari finalni kattaroq arenada o‘tkazish kerakligini ta’kidladi.

"Marsel”dagi qiziqarli o‘yindan so‘ng biz Konferentsiyalar ligasi finaliga chiqdik va "Roma" bilan Tiranadagi "Arena Kombëtar"da o‘ynaymiz.

Chiptalar sotuvini muhokama qilishdan oldin, biz ushbu tarixiy o‘yin har ikkala finalchi jamoa muxlislari uchun cheklangan miqdordagi chiptalar berilishidan klublarni qanchalik ranjitganini bildirmoqchimiz.

Bu Konferentsiyalar ligasi musobaqasining dastlabki finali ekanligini hisobga olsak, "Roma" va "Feyenoord" o‘rtasidagi ulkan shou har bir klubdan o‘n minglab muxlislar ishtirok etadigan kattaroq arenada o‘tkazilishi kerak edi”, - deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Konferentsiyalar ligasi final uchrashuvi  Albaniya poytaxti Tirana shahrida joylashgan “Arena Kombetare” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 25 may kuni Toshket vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!