FIFA "Barselona"ga kompensatsiya to‘laydi

  • 23 iyun, 2021, 21:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA frantsiyalik hujumchi Usmon Dembelening jarohati uchun "Barselona"ga tovon puli to‘laydi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 2,5 million evro oladi, chunki futbolchi Evropa chempionati paytida Frantsiya terma jamoasi safida jarohat olgan. Agar hujumchini tiklanish muddati to‘rt oydan oshsa, kompensatsiya miqdori yanada ortishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Dembele sonidan jarohat olgan va tez orada operatsiya qilinadi.

O‘tgan mavsumda 24 yoshli Dembele "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuv o‘tkazdi, 11 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!