FIFA bunga ruxsat berdi
FIFA xalqaro tanaffus oldidan klublar qoidalariga o‘zgartirish kiritdi.
FIFA rasmiy saytida yozilishicha tashkilot klublarga mart-aprel oylarida bo‘ladigan xalqaro o‘yinlar uchun o‘z futbolchilarini terma jamoa ixtiyoriga qo‘yib yubormaslikka ruxsat bergan.
Butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus pandemiyasi munosabati bilan futbolchilar va muxlislarning sog‘ligini asrash uchun shunday qarorga kelingan.
Bundan tashqari FIFA yaqin orada o‘tkazilishi rejalashtirilgan terma jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinlarini bekor qilishni tavsiya qilgan.

Fikrlar