FIFA Jahon chempionatiga qiziqishni oshirish uchun yangi qoida joriy etdi
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati uchun musobaqaning jozibadorligini oshirish maqsadida yangi tizimni o‘ylab topdi.
Agar FIFA reytingi bo‘yicha eng yaxshi 4 jamoa pley-offga chiqsa, ularning yo‘li shunday rejalashtiriladiki, ular yarim finalgacha bir-biri bilan uchrashmaydi.
Hozirgi reytingda Ispaniya, Argentina, Frantsiya va Angliya terma jamoalari kuchli to‘rtlikda bormoqda. Bu ularning mundialning 1/2 final bosqichigacha to‘qnash kelmasligini ta’minlaydi.
Ma’lumot uchun, AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladigan chempionatga qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, ushbu marosimda O‘FA rahbariyati, terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etishi ma’lum qilingan edi.
Fikrlar