FIFA JCH-2026 uchun yangi qoidalar joriy qildi
Xalqaro futbol tarixiy o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda. FIFA 2026 yildgi Jahon Chempionati uchun yangi qoidalar paketini tasdiqladi, uning maqsadi bitta: vaqt yo‘qotishlarini bartaraf etish. Ushbu qoidalar o‘yinni tezlashtirishga va muxlislar maydonda ko‘proq daqiqalaridan zavq olishlarini ta’minlashga qaratilgan.
1. Almashtrilayotgan o‘yinchi maydonni tark etishi uchun maksimal 10 soniya vaqtga ega bo‘ladi. Agar unga 10 soniyadan ko‘proq vaqt kerak bo‘lsa, uni almashtirish maydonga tushishdan oldin 1 daqiqa kutishi kerak, natijada uning jamoasi 1 daqiqaga o‘n kishi bo‘lib qoladi.
️ 2. To‘p kiritish va darvozadan zarba berishda 5 soniyalik taymer qo‘llaniladi. Bu vaqtdan oshib ketish to‘pga egalik qilishni yo‘qotishga olib keladi.
️ 3. Maydonda tibbiy yordam ko‘rsatilgan o‘yinchi maydonni tark etishi va qaytishdan oldin bir daqiqa kutishi kerak, jarohat kartochka ko‘rsatilgan qoidabuzarlik tufayli yuzaga kelgan holatlar bundan mustasno.
️ 4. VAR tizimi noto‘g‘ri belgilangan burchak zarbalarini qayta ko‘rib chiqadi.
️ 5. Faqat sardor hakamga tushuntirish so‘rab murojaat qilishi mumkin, qolgan o‘yinchilar hakamni o‘rab olgan taqdirda sariq kartochka bilan jazolanishi mumkin.
Fikrlar