FIFA kunlaridan so‘ng Superliga yana qaytmoqda yoxud peshqadam nomi o‘zgaradimi?

  • 16.10.2025 08:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superligamizda 25-turga start beriladi. Oldinda tabiiyki, qiziqarli va muhim uchrashuvlar kutmoqda.

Tecno

16 oktyabr

19:30. “Nasaf” - “Qo‘qon-1912”

25-tur Qarshidagi “Nasaf” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi bilan boshlanadi. Amaldagi chempionga chempionlik kamarini himoya qilish eng muhimi sanaladi va bu oson ish emas. Berdiev jamoasini OChL doirasidagi o‘yin ham kutmoqda. Undan avval esa o‘z maydonida qo‘qonliklar bilan bahs olib boradi va tabiiyki, xalqaro uchrashuv arafasida chempionatdagi g‘alaba bilan yaxshi kayfiyatda borish ular uchun muhim. Qolaversa, “Nasaf” kuchini taqsimlashi ham, extiyotkorlik bilan o‘yin ko‘rsatishini ham taxmin qilsa bo‘ladi. Bu yo‘lda “Qo‘qon-1912” jiddiy raqibga aylanadi.

17 oktyabr

17:00. “Mash’al” - “Xorazm”

Bir-biriga munosib raqiblar. Jamoalarni ikki ochko ajratib turibdi. “Mash’al” 13-o‘rinda, “Xorazm” 15-pog‘onada. Har ikki klubga g‘alaba nihoyatda zarur. Jamoalarning imkoniyatlari mutlaqo teng. Extiyotkorlikni ham ular unutishmaydi.

18:30. “Andijon” - “Sho‘rtan”

“Andijon” 22 oktyabr kuni OChL 2 doirasida o‘z uyida Bahraynning “Al-Xaldiya” klubiga qarshi bahs oldidan “Bobur arena”da “Sho‘rtan” bilan chempionat bahsini o‘tkazib oladi. “Burgutlar”ga Superligada ham g‘alaba suv va havodek zarur va “Sho‘rtan” ham xuddi shunday holatda. G‘uzor jamoasi 12 ochko bilan so‘nggi o‘rinda va 15-pog‘onadigi jamoadan 9 ochkoga ortda qolyapti. “Burgutlar” oldida turgan asosiy vazifa “Sho‘rtan”ni mag‘lub etish. Mehmonlarni og‘ir bellashuv kutyapti.

19:15. “So‘g‘diyona” - “Surxon”

“Surxon” oxirgi turlarda g‘alaba nimaligini bilmayapti. 2 ta durang va 4 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Bu safargi raqib esa safarda “So‘g‘diyona”. Ko‘rinib turibdiki, termizliklarni yana bir jiddiy o‘yin kutyapti. Albatta, mezbonlarning imkoniyati biroz yuqoriroq baholanayotgani rost. Agar “Surxon” mag‘lubiyatlar seriyasidagi tushkunlikdan chiqib keta olsa, Jizzaxda ijobiy natija ko‘rsata olishi ham mumkin.

18 oktyabr

17:00. “Navbahor” - “Bunyodkor”

Bu jamoalar turnir jadvalida yonma-yon borishyapti. Faqat ularni uch ochko ajratib turibdi. FIFA kunlaridan jamoalar qanday holatda chiqishganini Namangandagi uchrashuvda ko‘ramiz. Imkoniyatlar 50x50. “Navbahor” Sherzod Jo‘raev boshqaruviga o‘tgach bir g‘alaba va bir durang qayd etdi. Navbatdagi bahs uning uchun yana bir imtihonga aylanadi.

19:15. “Dinamo” - “Buxoro”

Aleksandr Xomyakov jamoasi sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan “Dinamo” mehmoni bo‘ladi. Bilasiz, “Buxoro” O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqdi va 29 oktyabrda “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi. Ungacha esa “Buxoro” chempionat doirasidagi o‘yinlarda ijobiy natija ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Superligada qolish uchun pley-offdan uzoqlashishga harakat qilayotgan “Buxoro”ni Samarqanddda og‘ir o‘yin kutayotgani aniq. “Dinamo”ga ham medallar uchun kurashda g‘alaba suv va havodek zarur. Tabiiyki, bu qarama-qarshilikda Vadim Abramov jamoasida imkoniyat ko‘proq.

19 oktyabr

16:00. “Paxtakor” - “Qizilqum”

Bu uchrashuvda “Paxtakor” favorit. “Sherlar”da mavsumni sovrindorlar qatorida yakunlash imkoniyati mavjud. “Qizilqum” ham o‘zidan yomon taassurot qoldirayotgani yo‘q. Musobaqa jadvalida ular 8-o‘ringa ko‘tarilib olishgan. Lekin “Paxtakor” ustunroqdek ko‘rinmoqda. Ammo futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkinn.

18:15. “Neftchi” - OKMK

Turning markaziy uchrashuvi shubhasiz Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Chempionlik uchun kurashyotgan “Neftchi” qarshisida bu safar Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMKni qabul qiladi. Uchrashuvga qiziqish katta. “Neftchi”ga ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q. Vitaliy Levchenko jamoasi uchun har bir bellashuv finalga teng. OKMKga qarshi maydonda haqiqiy jang bo‘ladi. Aksiga olib olmaliqliklar so‘nggi ikkita uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. Qosimov o‘z jamoasini ketma-ket uchinchi bor mag‘lubiyatga uchrashiga yo‘l qo‘ymasa kerak....

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!