FIFA "Liverpul"ga jahon chempionligini muxlislar bilan nishonlashni ta’qiqladi

  • 23.12.2019 15:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” futbolchilarining klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligi uchun o‘tkazilgan taqdirlash marosimi mojaro bilan yakunlandi.

Gap shundaki, mersisaydliklar jahon chempionati kubogini muxlislar bilan ulashishmoqchi bo‘lishgan va ular o‘tirgan tribunaga chiqishmoqchi bo‘lishgan. Biroq, FIFA vakillari bu vaziyatda ularni to‘xtatib qolgan.

Aytish lozimki, FIFAning bu qarori xavfsizlik bilan bog‘liq edi. Ammo, “Liverpul” futbolchilari buni to‘g‘ri tushunishmadi va buning uchun ularni tanqid qildi.

Ma’lumot uchun, shu kuni finalni tomosha qilish uchun “Liverpul”ning 1 500 nafarga yaqin muxlisi stadionga tashrif buyurgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!