FIFA "Qo‘qon-1912" klubidan taqiqlarni olib tashladi
"Qo‘qon-1912" klubining rasmiy "Telegram" sahifasi FIFA jamoaga qo‘ygan transfer taqiqini olib tashlaganini ma’lum qildi.
"Qo‘qon-1912” jamoasining sobiq legioner futbolchilari, himoyachi Milosh Nikolich hamda darvozabon Boyan Knejevich bilan muammo yuzaga kelganligi sababli, FIFA jamoamizga xorijlik futbolchilar va murabbiylar transferi borasida taqiq qo‘ygan edi. Jamoamiz yuqoridagi nomlari keltirilgan futbolchilar bilan o‘rtadagi muammoni hal qilganligi haqida xabar bergan edik. Futbolchilarga belgilangan summalar to‘lab berildi. Halqaro futbol tashkiloti "Qo‘qon-1912" jamoasiga qo‘yilgan taqiqlar bekor qilinganligini ma’lum qildi", - deyiladi klub rasmiy sahifasi xabarida.

Fikrlar