FIFA sobiq bosh kotibi: "Ronaldu va Messi mediafutbolga kirib kelsa..."

  • 2 noyabr, 2024, 11:32
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Valk ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida kedajakda ehtimoliy ravishda o‘tkaziluvchi futbol jahon chempionati va boshqa bir qancha muhim mavzular yuzasidan gapirib o‘tdi.

- Hozirda milliy xokkey ligasi(MXL)ning afsonasiga aylangan Aleksandr Ovechkin ham allaqachon mediafutbolga kirib kelib bo‘ldi. Aynan u media sohasi vakillariga qarshi o‘yin o‘tkazdi va gol urdi. Bilasizmi, mediafutbol hozirgi zamonda ajoyib PR va auditoriyangizni kengaytirishning bir usuliga aylanib bo‘ldi.

 Bu yo‘nalishdagi asosiy maqsad birinchi navbatda xalqaro miqyosda ham rivojlanishdir. Tasavvur qiling, Krishtianu Ronaldudek mashhur inson media-futbolga kelsa, qanday munosabatda bo‘lasiz?

- Ha, javobimni aslida o‘zingiz bilasiz! Ronaldu nafaqat dunyodagi eng mashhur sportchi. Shuningdek, u eng professional sportchilardan biri. Chunki u mashg‘ulotlarda so‘nggi daqiqalargacha ishlaydi va doimo g‘alaba uchun o‘ynaydi. Mashg‘ulotlari, sog‘lig‘i, o‘zini tutishi borasida futboldagi professionallikning tirik namunasi.

Lekin tushushingiz kerakki, Ronalduni bu maydonga jalb qilish qiyin bo‘ladi. Uni biron bir media klub qabul qilishiga ishonchim komil emas. Ammo bevosita futbolchining imidji haqida gapiradigan bo‘lsak, nafaqat Evropa, balki Janubiy Amerikaga ham etib borishimiz uchun braziliyalik Ronaldinoni ushbu bozor elchilaridan biri sifatida taklif qilgan bo‘lardim.

- Nega Messi emas, aynan Ronaldino?

- Birinchidan, Messi hali ham professional futbolchi va buninsi eng muhim omil. Ikkinchidan, Messi futbol o‘ynashda daho. Lekin Ronalduni taklif etishdek qiyin bilan bir xil. Orzu qilish yaxshi, lekin realist bo‘lish kerak.

Shuning uchun men Ronaldino haqida gapiryapman. U erkin va xohlagan narsasini qila oladi. U o‘z hayotini va jismoniy faoliyatini boshqaradi. Ammo bir-ikki yildan keyin Messi va Ronaldu o‘ynashni to‘xtatib, media-futbolga o‘tishsa, unda mediafutbol shunchaki boshqa darajaga keladi", - dedi FIFAning sobiq bosh kotibi Jerom Valk.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!