FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi
Bugun FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 1289 ochko bilan o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Ta’kidlash kerakki, terma jamoamiz o‘tgan oy ham 85-o‘rinda qayd etilgan edi.
Reytingni Belgiya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikdan esa Frantsiya va Braziliya terma jamoalari joy olishgan.
Osiyo qit’asining eng yaxshi terma jamoasi hozircha Yaponiya bo‘lib turibdi. Kun chiqar yurt vakillari reytingda 28-o‘rinda borishmoqda.
Fikrlar