FIFA tez orada muhim yangilikni e’lon qiladi
FIFA joriy 2019/20 yilgi mavsumni noma’lum muddatgacha uzaytirishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Bu qaror koronavirus pandemiyasi davrida klublarga o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, milliy chempionatlarning muddatidan avval yakunlanmasligi uchun ham xizmat qiladi.
FIFA shuningdek yozgi transferlar muddatiga ham o‘zgartirish kiritadi va klublarga yozda o‘z nihoyasiga etadigan futbolchilarining shartnomalarini avtomatik uzaytirishga ruhsat beradi.
Yuqoridagi xabarlar yaqin 48 soat ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar