
Filipe Luis "Monako"ga o‘tishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Filipe Luis faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli braziliyalik futbolchini "Monako" o‘z safida ko‘rmoqchi. Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq Luis “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasligi haqida xabar qilingan edi.
Ma’lumot uchun, Filipe Luisning shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi va shundan so‘ng u istagan jamoasiga erkin agent sifatida yo‘l olishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda unga shuningdek “Barselona” va PSJ klublari ham qiziqishmoqda.
Filipe Luis yakunlangan mavsum “Atletiko” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar