Filipe Luisning JCh-2018ni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi
Madridning “Atletiko” klubi va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Filipe Luis JCh-2018da ishtirok etmaydi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra joriy hafta “Lokomotiv”ga (5:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Evropa ligasi 1/8 final javob bahsida jarohat olgan 32 yoshli futbolchining ahvoli jiddiy. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra uning sog‘ayishi uchun kamida 4-6 oy vaqt talab etiladi.
Ta’kidlash kerakki, Braziliyaning yaqin oradagi o‘rtoqlik o‘yinlariga Filipe Luis o‘rniga “Yuventus” himoyachisi Aleks Sandro chaqirildi.

Fikrlar