Finaldan oldin "Tottenxem" etakchisidan ayrildi

  • 17 aprel, 2021, 12:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn kecha premer-liganing 32-turidan o‘rin olgan "Everton"ga (2:2) qarshi o‘yinda jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Shu kuni "shporlar" safida dubl qayd etgan 27 yoshli futbolchi o‘yin yakuni arafasida zaxiraga olindi. Hozircha uning qachon safga qaytishi noma’lum. U chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.

Qayd etish lozimki, "Tottenxem" o‘zining navbatdagi bahsini 25 aprel kuni Angliya liga kubogi finali doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazadi.

Xarri Keyn joriy mavsum “Tottenxem” safida barcha musobaqalarda jami 43 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 31 ta gol hamda 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!